KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Zeyrek masjidi
Yodgorlik

Zeyrek masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Sharon Nathan · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Zeyrek masjidi yoki Pantokrator monastiri – Istanbul shahri, Fotih tumani, Zeyrek mahallasida joylashgan katta masjid.

Tarixi va batafsil

Zeyrek masjidi (turkcha: Zeyrek Camii) yoki Pantokrator monastiri (yunoncha: Μονή του Παντοκράτορος Χριστού; turkcha: Pantokrator Manastırı) – Istanbul shahri, Fotih tumani, Zeyrek mahallasida joylashgan katta masjid. Bino ikkita sobiq Vizantiya cherkovi va ibodatxonasidan iborat boʻlib, Konstantinopoldagi Oʻrta Vizantiya imperiyasi meʼmorchiligining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Zeyrek masjidi Istanbuldagi Sofiya ibodatxonasidan keyingi Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan eng katta diniy obida hisoblanadi.
Dastlab Pantokrator monastiri boʻlgan ushbu bino keyinchalik masjidga aylantirilgan boʻlib, Eski Imaret masjididan deyarli 1 km janubi-sharqda joylashgan.
Majmuaning sharqida Usmonli Konak uyi joylashgan boʻlib, bino bir qancha vaqtdan keyin qayta tiklangan va unga Zeyrekhane nomi berilgan. Hozirda ushbu binodan restoran va bogʻ sifatida foydalaniladi.

Manba: Vikipediya – “Zeyrek masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar