KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Shahzoda masjidi
Yodgorlik

Shahzoda masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Ondřej Žváček · CC BY 2.5 · Wikimedia Commons
  2. Metuboy · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Shahzoda masjidi - Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik.

Tarixi va batafsil

Shahzoda masjidi - Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik (1548).
Meʼmori Xoʻja Sinon. Shahzoda masjidi murabba tarhli, markaziy gumbazli xonaqoh (38x38 m) va hovuzli hovlidan iborat. Xonaqoh balandligi. 37 m, gumbazining diametri 9 m; unga yarim gumbazlar tutashgan va burchaklari kichik gumbazlar bilan yopilgan. Xonaqohda markaziy gumbaz tomon yarim gumbazlarning bir maromda pogʻonama-pogʻona yuksalib borishi va ularning oʻzaro uygʻunligi binoga mahobatlilik baxsh etgan. Xonaqohning old tomonida murabba tarhli hovli joylashgan, hovlining toʻrt tomoniga bir qavatli, gumbazli galereya qurilgan, ustunlari qizil va oq toshlardan bunyod etilgan. Qirrali 2 baland tik minora xonaqoh va hovli tutashgan yoʻnalishda joylashgan, xonaqohga kichik peshtoqli 3 eshik orqali kiriladi.

Manba: Vikipediya – “Shahzoda masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar