KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Pertevniyal Valide Sulton masjidi
Yodgorlik

Pertevniyal Valide Sulton masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. A.Savin · FAL · Wikimedia Commons
  2. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Pertevniyal Valide Sulton masjidi, Aksaray Valide masjidi — Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Usmonlilar imperiyasi masjidi.

Tarixi va batafsil

Pertevniyal Valide Sulton masjidi, Aksaray Valide masjidi (turkcha: Pertevniyal Valide Sultan Camii, Aksaray Valide Sultan Camii) — Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Usmonlilar imperiyasi masjidi. Bino Aksaray mahallasidagi Ordu koʻchasi va Atatürk bulvari kesishmasida, 1872-yilda Sulton Pertevniyal buyrugʻi bilan qurilgan Pertevniyal oʻrta maktabi (turkcha: Pertevniyal Lisesi) yonida joylashgan. Masjid namoz vaqtlarida 400–500 namozxonni, juma kunlari esa 2500 dan ortiq musulmonni oʻziga sigʻdira oladi.
Masjidning joylashuvi Volida Sulton va sulton oilasi uchun muhim sanalgan, chunki Aksaray Usmonlilar davrida muhim savdo markazi edi. Oʻsha paytda hozirgi gavjum piyodalar koʻchasi oʻzining ajoyib goʻzalligi va bogʻlari bilan mashhur edi.

Manba: Vikipediya – “Pertevniyal Valide Sulton masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar