KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Al-Azhar masjidi
Yodgorlik

Al-Azhar masjidi

Qohira, Misr

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Daniel Mayer · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Tentoila · Public domain · Wikimedia Commons
  3. Lexie · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  4. Francesco Gasparetti · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons

Al-Azhar masjidi – Misrda oddiygina al-Azhar nomi bilan tanilgan, Qohira shahrining tarixiy islomiy markazida joylashgan masjid.

Tarixi va batafsil

Al-Azhar masjidi (arabcha: الجامع الأزهر‎‎) – Misrda oddiygina al-Azhar nomi bilan tanilgan, Qohira shahrining tarixiy islomiy markazida joylashgan masjid. Milodiy 970-yilda Fotimiylar xalifaligining yangi poytaxti sifatida asos solingan, keyinchalik “Ming minora shahri” laqabini olgan shaharda barpo etilgan ilk masjid. Masjid nomi, odatda, az-Zahrāʾ (soʻzma-soʻz tarjimasi — „porloq, yaltirab turgan“) so‘zidan kelib chiqqan deb hisoblaniladi, bu taxallus Islom payg'ambari Muhammadning qizi Fotimaga berilgan.
972-yilda masjid rasmiy ravishda ochilgan, 989-yilda masjid ma’muriyati tomonidan 35 nafar olim yollangach, masjid asta‑sekin bugungi ko‘rinishiga ega ilm maskaniga aylana bordi.

Manba: Vikipediya – “Al-Azhar masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar