KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Aksungur masjidi
Yodgorlik

Aksungur masjidi

Qohira, Misr

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Mo Hany.Afife · Public domain · Wikimedia Commons
  2. CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  3. R Prazeres · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. R Prazeres · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Aksungur masjidi, shuningdek, Koʻk masjid yoki Ibrohim ogʻa masjidi nomi bilan ham tanilgan, Misrning Islomiy Qohira hududi, Darb al-Ahmar tumanidagi Tabana mahallasi, Bab Zuveyla va Qohira qal’asi oʻrtasida joylashgan.

Tarixi va batafsil

Aksungur masjidi (arabcha: مسجد آق‎‎; turkcha: Aksungur Camii), shuningdek, Koʻk masjid (arabcha: الجامع الأزرق‎‎, turkcha: Mavi Cami) yoki Ibrohim ogʻa masjidi (arabcha: مسجد إبراهيم أغا مستحفظان‎‎, turkcha: İbrahim Ağa Camii) nomi bilan ham tanilgan, Misrning Islomiy Qohira hududi, Darb al-Ahmar tumanidagi Tabana mahallasi, Bab Zuveyla va Qohira qal’asi oʻrtasida joylashgan.
Aksungur masjidi, shuningdek, dafn majmuasi sifatida ham xizmat qiladi. Masjidda uning asoschisi Shamsiddin Aqsunqur, uning oʻgʻillari, Bahriy Mamluklar sultoni an-Nosir Muhammadning bir nechta farzandlari hamda masjidning asosiy restavratori Ibrohim ogʻa al-Mustahfizonning maqbaralari joylashgan.

Manba: Vikipediya – “Aksungur masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar