KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Yangi masjid, Istanbul
Yodgorlik

Yangi masjid, Istanbul

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Diego Delso · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Jorge Franganillo · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  3. Another Believer · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Diego Delso · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Yangi masjid va keyinchalik Yangi Volidai Sulton masjidi – 1660–1665-yillar mobaynida qisman rekonstruksiya qilingan va qurib bitkazilgan masjid.

Tarixi va batafsil

Yangi masjid (turkcha: Yeni Cami, asli nomi Volidai Sulton masjidi, turkcha: Valide Sultan Camii) va keyinchalik Yangi Volidai Sulton masjidi (turkcha: Yeni Valide Sultan Camii) – 1660–1665-yillar mobaynida qisman rekonstruksiya qilingan va qurib bitkazilgan masjid.
Turkiyaning Istanbul shahrining Eminönü kvartalida joylashgan Usmoniylar imperiyasi davrida bunyod etilgan. U Oltin shohda, Galata koʻprigining janubiy uchida joylashgan. Masjid Usmonli Imperiyasidagi Ayollar saltanati davrining namunasidir.
Masjid qurilishi 1597-yilda boshlangan. Bino sulton Murod IIIning rafiqasi Safiya Sulton homiyligi asosida qurilish ishlari boshlangan. Safiya Sulton 1595-yilda Mehmed III taxtga oʻtirganidan soʻng ikki yil oʻtib, Volidai Sulton sifatida qurilish ishlarini boshlagan va shu sababli masjid nomi „Volidai Sulton masjidi“ deb nomlangan.
1603-yildan soʻng qisman qurilgan inshoot asta-sekin xarobaga aylangan va 1660-yilgi Buyuk Istanbul yongʻini paytida jiddiy zarar koʻrgan, shahardagi koʻplab mahallalar vayron boʻlgan.

Manba: Vikipediya – “Yangi masjid (Istanbul)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar