KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Nuri Usmoniya masjidi
Yodgorlik

Nuri Usmoniya masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Dmitry A. Mottl · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. G.dallorto · CC BY 2.5 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Nuri Usmoniya masjidi – XVIII asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Çemberlitaş mahallasida joylashgan, 2016-yilda Turkiyadagi Jahon merosi obyektlarining taxminiy roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi va batafsil

Nuri Usmoniya masjidi (usmonli turkcha: نور عثمانیه جامعی‎‎ Nur-ı Osmaniye Camii; turkcha: Nuruosmaniye Camii) – XVIII asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumani, Çemberlitaş mahallasida joylashgan, 2016-yilda Turkiyadagi Jahon merosi obyektlarining taxminiy roʻyxatiga kiritilgan.
Nuri Usmoniya masjidi loyihasi Simeon Kalfa ismli yunon millatiga mansub, musulmon boʻlmagan meʼmor tomonidan ishlab chiqilgan. Masjid Yevropa arxitekturasining barokko va neoklassik uslublarini oʻzida mujassam etgan ilk monumental Usmonli binosi hisoblanadi. Masjidning bezaklari va kavisli hovlisida barokko uslubi aks ettirilgan namunalarni koʻrish mumkin. Nuri Usmoniya masjidi gumbazi Istanbuldagi eng katta gumbazlardan biri hisoblanadi. Masjid oʻzidan kattaroq hajmda bunyod etilgan diniy majmuaning bir qismi boʻlib, mahalla uchun madaniyat, din va taʼlim markazi vazifasini bajaradi.

Manba: Vikipediya – “Nuri Usmoniya masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar