Zangiota majmuasi — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (15—XX asrlar). Zangiota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, Madrasa, masjid, xonaqohshiypon, minora va hovuzdan iborat. Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida qilib qurilgan. Zangiota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonmayon tushgan boʻlib, hovliga shim.sharq va shim, gʻarbdagi darvozalar orqali oʻtiladi. Minora ham shu hovlining oʻrtarogʻi Zangiota maqbarasiga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. Zangiota maqbarasiga ikki tomoni terakzorli xiyobon orqali boriladi. Majmuaga janubdan qadimgi qabriston tutashgan, uning atrofi devor bilan oʻralgan. Zangiota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan.
Zangiota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxona, goʻrxona va uning ikki yonida kichik xona qodiqlari sa Zangiota Majmuasiqlangan), bezaksiz boʻlgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi asosdan, burchaklaridagi bagʻal sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobadonlar ishlangan. Goʻrxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis oʻyma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan...
Manba: Vikipediya – “Zangiota majmuasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español

