KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘
Bog‘ va xiyobon

Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Carpodacus · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Alpasli · CC0 · Wikimedia Commons
  3. Alpasli · CC0 · Wikimedia Commons
  4. Alpasli · CC0 · Wikimedia Commons
  5. Shirin Khaydaralieva · CC BY 4.0 · Wikimedia Commons

Toshkentning Chilonzor tumanidagi katta bog‘; hududida sun’iy ko‘l bor.

Tarixi va batafsil

Oʻzbekiston milliy bogʻi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy bogʻi – Oʻzbekistonda mamlakat miqyosidagi eng yirik madaniyat va istirohat bogʻi. Toshkent shahrining markaziy qismida joylashgan; maydoni 69 ga. 1991-yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan bunyod etilgan. Toshkent shahrining yoshlari tashabbusi bilan hashar usulida qurilib ishga tushirilgan istirohat bogʻi (1938) hamda bogʻ bilan Xalqlar Doʻstligi saroyi oraligʻidagi hududda loyiha asosida meʼmoriy majmua yuzaga keltirildi. Majmua markazida favvorali aylana hovuz, amfiteatr shaklidagi tomoshabinlar joylari va sahna, kanallar ustidagi koʻpriklar va tepalikda oʻrnatilgan Navoiy haykali, amfiteatrning ikki yonida Oliy Majlis va „Navroʻz“ binolari joylashgan. Milliy bogʻning yangi qismi sharqona „chorbogʻ“ uslubida loyihalangan muntazam tartibli keng va shinam yoʻlkalardan iborat mumtoz kompozitsiyaga ega. Hududdagi tabiiy pastibalandliklardan oqilona foydalanib soʻlim maskan, ajoyib manzara yaratilgan. Bogʻning muhim tarkibiy qismi Alisher Navoiy memorial majmuidir (meʼmorlar: V.Akopjanyan, D.Latipov; haykaltaroshlar...

Manba: Vikipediya – “Oʻzbekiston milliy bogʻi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar