KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Abulqosim madrasasi
Yodgorlik

Abulqosim madrasasi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Bobyrr · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat yodgorlik. 1865-yilda Toshkent bosib olingach, tinchlik shartnomasi shu binoda imzolangan.

Tarixi va batafsil

Abulqosim (Eshon) madrasasi – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. XIX asrda madrasani qurdirgan shayx Abulqosim eshon nomi bilan atalgan. Dastlab masjid, hammom va madrasani oʻz ichiga olgan majmua edi. Majmua joylashgan joy avval „Yangi mahalla“ deb atalgan va jamoat markazlaridan biri boʻlgan. Eng eski bino Moʻyi Muborak xonaqohi 1820-yil bunyod etilgan, 1850-yil madrasa qurilgan. Dastlab bir qavatli boʻlgan. Madrasa chortoq tarhli (55×46 metr), hovlisi (22×28 metr) atrofida miyonsaroy, darsxona, masjid, toʻrda Moʻyi Muborak xonaqohi (6,1×6,1 metr) joylashgan. Hovliga old va orqa tomonidagi peshtoq orqali kiriladi. Binoni bezashda asosiy eʼtibor bosh tarziga qaratilgan boʻlib, peshtoqning (balandligi 16 m) ikki yonida guldasta-minoralar qad koʻtargan. Ularning tepa qismi gumbazli mezanalar bilan yakunlangan. Darsxona, maktabxona (murabba tarhli – 6,12×6,12 metr), ikki qavatli hujralardan iborat. 1940-yillarda madrasa oldidagi hovuz, keyinchalik qurilgan hammom ham buzilgan. 1864-yilda restavratsiya paytida madrasaning ikkinchi qavati qurib bitkazilgan. Madrasa eshiklarini oʻratepalik Usta Hasanboy oʻyma naqsh bilan bezagan. Taʼmirlashda A. Solihov...

Manba: Vikipediya – “Abulqosim madrasasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Türkçe

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar