KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Palatin
Yodgorlik

Palatin

Rim, Italiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Lil Herodotus · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Karelj · Public domain · Wikimedia Commons
  3. CC BY 2.0 · Wikimedia Commons

Palatin — Qad. Rim bunyod etilgan tepaliklardan biri. 2 choʻqqisi bor — Palatin va Germal.

Tarixi va batafsil

Palatin (Mons Palatinus yoki Palatium) — Qad. Rim bunyod etilgan tepaliklardan biri. 2 choʻqqisi bor — Palatin va Germal. Temir davri boshidan bu yerda odamlar yashagan; "Kvadrat Rim" deb atalmish devor (miloddan avvalgi VIII asr) xarobalari saqlangan; u rivoyatga koʻra, Romul tomonidan qurilgan. Palatinda Yupiter Viktor (miloddan avvalgi 295 yil qurilgan), Yupiter Stator (miloddan avvalgi 294), Viktoriya (miloddan avvalgi 294) ibodatxonalari va boshqa, shuningdek, respublika davrida — badavlat patritsiylar uylari saqlangan. Imperatorlar davrida Palatin imperatorlar saroylarining ulkan ansambliga aylangan ("Palatsiy Avgust", Tiberiy, Flaviylar va Septimiy Sever saroylari). Oʻrta asrlarda Palatin tosh koni boʻlib xizmat qilgan. Palatindagi muntazam qazishma ishlari XIX asr oxiridan boshlangan.

Manba: Vikipediya – “Palatin” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar