KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Kariye masjidi
Yodgorlik

Kariye masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Tadam · CC0 · Wikimedia Commons
  2. Bjelica · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Bjelica · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Xora cherkovi yoki Kariye masjidi – Turkiyaning Istanbul shahri Edirnekapi mahallasida XVI asrdan buyon, asosan, masjid sifatida foydalanilgan oʻrta asr yunon pravoslav cherkovi binosi.

Tarixi va batafsil

Xora cherkovi yoki Kariye masjidi (turkcha: Kariye Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri Edirnekapi mahallasida XVI asrdan buyon, asosan, masjid sifatida foydalanilgan oʻrta asr yunon pravoslav cherkovi binosi. Masjid, asosan, oʻzining Vizantiya imperiyasi soʻnggi hukmronlik davri meʼmorchilik uslubida ishlangan mozaikalari va fresklari (devorga ishlangan rasm) bilan mashhur.
Xori monastiri ( cherkovi ) Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. XVI asrda Usmonlilar imperiyasi davrida cherkov masjidga aylantirilgan. 1945-yilda muzeyga, 2020-yilda esa Prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan masjidga aylantirilgan. Binoning ichki qismi Usmonlilar davrida musulmonlarning namoz oʻqishlari paytida koʻzga tashlanmaydigan Vizantiya nasroniy mozaikalari va fresklari bilan qoplangan. Bino dunyoviylashtirilib, muzeyga aylantirilgach, mozaika va fresklar ham qayta tiklangan.
Xora masjidi Istanbul shahri, Fotih tumanining gʻarbiy qismida joylashgan.

Manba: Vikipediya – “Kariye masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar