KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Milliy stadion (Pekin)
Yodgorlik

Milliy stadion (Pekin)

Pekin, Xitoy

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. N509FZ · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Tom Nguyen · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  3. Ekrem Canli · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  4. Shujianyang · CC BY 4.0 · Wikimedia Commons

Pekin Milliy Stadioni — 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yaratilgan universal sport majmuasi.

Tarixi va batafsil

Pekin Milliy Stadioni — 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yaratilgan universal sport majmuasi. U olimpiya bogʻi va suzish majmuasi yonida joylashgan.
Ushbu stadionda sport musobaqalarini oʻtkazishdan tashqari, 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari ham boʻlib oʻtgan.
Stadion qurilishi 2003-yil dekabr oyida Shvetsariyaning Herzog va de Meuron arxitekturaga ixtisoslashgan byurosi loyihasi asosida boshlangan. Uning ochilish marosimi 2008-yilning mart oyida oʻtkazilgan.
Stadionning qurilish qiymati 3,5 milliard yuanga baholangan, bu taxminan 325 million yevroga toʻgʻri keladi.
Stadionda Olimpiya oʻyinlaridan tashqari 2009-, 2011- va 2012- yillarda Italiya Superkubogi oʻyinlari ham boʻlib oʻtgan.
2022-yilda stadiondan XXIV Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlarida foydalanilgan.

Manba: Vikipediya – “Milliy stadion (Pekin)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar