KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Bazilika sardobasi
Yodgorlik

Bazilika sardobasi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Diego Delso · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Diego Delso · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Diego Delso · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Bazilika sardobasi — 526—527-yillarda shaharning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qurilgan yopiq suv ombori boʻlib, Turkiyaning Istanbul shahrida, yer ostida joylashgan.

Tarixi va batafsil

Bazilika sardobasi — (yunoncha: Βασιλική Κινστέρνα, turkcha: Yerebatan Sarnıcı yoki Yerebatan Saray, „yer osti sardobasi“ yoki „yer osti saroyi“) 526—527-yillarda shaharning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qurilgan yopiq suv ombori boʻlib, Turkiyaning Istanbul shahrida, yer ostida joylashgan.
Tarixiy Sarayburnu yarimorolidagi Sofiya ibodatxonasidan 150 m janubi-gʻarbda, Soğukçeşme koʻchasida joylashgan sardoba VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian I davrida qurilgan. Suv tagidan koʻtarilgan koʻplab marmar ustunlar tufayli xalq orasida Yerebatan Sarayı (Bazilika saroyi) nomi bilan ham mashhur. Ilgari sardobaning yuqori qismida bazilika boʻlganligi sababli uni Bazilika sardobasi deb ham atashadi.

Manba: Vikipediya – “Bazilika sardobasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar