Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi — shayx Bahouddin Naqshband mozori yonidagi hazira — ansambl (Buxoro viloyati, XVI asr). Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. Ushbu meʼmoriy yodgorlikka Buxoro xoni shayboniy Abdulazizxon tomonidan 1544-yilda asos solingan. Bahouddin majmuasi daxmalar (Daxmai shohon va Bahouddin daxmasi), maqbara, 2 masjid, saqoxona, hovuz, quduq, minora, madrasa va Abdulazizxon xonaqohidan iborat. Bahouddin Naqshband Buxorodagi yetti pirlarning yettinchi vakili hisoblanadi.
Manba: Vikipediya – “Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Türkçe


