Sitorai Mohi Xosa – Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroy — bogʻ. Buxorodan 4 km shimolda. Dastlabki binolar Nasrullaxon (1826–1860) va Muzaffarxon (1860–1885) hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885—1910)da saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910–1920)da yangi saroy qurilgan. Sitorai Mohi Xosaning maydoni 6,7 ga boʻlib, eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng, baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbiriga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi — yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza oʻrnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq Oʻrta Osiyo binolariga xos boʻlmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, toʻq qizil, koʻk, gunafsha va havo rang koshin bilan qoplangan. Anʼanaviy sirkori parchinlar bilan birga Rossiyadan...
Manba: Vikipediya – “Sitorai Mohi Xosa (qarorgoh)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: English
