Poyi Kalon (Forscha: پای کلان – Toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi: "katta oyoq' „) – Minorai Kalon etagida joylashgan meʼmoriy ansambl hisoblanadi. Majmua XII – XVI asrlarda qurilgan uchta inshootdan, jumladan, Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasidan tashkil topgan. Poyi Kalon bosh Registon maydonida joylashgan va u Buxoroning markaziy meʼmoriy ansamblidir. Poyi Kalon – Fors tilidan tarjima qilinganda ,,yaqinroq, yaqinida“ degan maʼnolarni anglatgan. Bundan tahqari, xalq tilida „Poyi masjid/Kalon madrasasi“ yoki boʻlmasa „hovli yaqinidagi, masjid/Madrasa yaqinida“ degan atamalar bilan ham uchrab ataladi.
Manba: Vikipediya – “Poi Kalon” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Türkçe


