KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Tushpa
Yodgorlik

Tushpa

Van, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Leon petrosyan · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Alexandros.Papadopoulos from flickr.com · CC BY-SA 2.0 · Wikimedia Commons
  3. Bjørn Christian Tørrissen · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons

Tushpa — Van koʻli sharqiy sohilida joylashgan qad. shahar, Urartu davlati poytaxti.

Tarixi va batafsil

Tushpa — Van koʻli (Turkiya) sharqiy sohilida joylashgan qad. shahar, Urartu davlati poytaxti (mil. av. IX—VI asrlar). Tushpaning qalʼa qismi baland qoya ustiga qurilgan. Podsho Menua davrida (mil. av. IX asr oxiri) togʻ buloklaridan shaharga kanal oʻtkazilgan. 1916-yil I. A. Orbeli qoyatoshning jan. yon bagʻridan podsho Sarduri II (mil. av. VIII asr oʻrtasi) yilnomasi bitilgan katta ustun (stela)ni topgan. Tushpa ossuriy yozma manbalarida bir necha marta qayd etib oʻtilgan. Mil. av. 735 y. ossuriyaliklar shaharni vayron qilishgan boʻlsada, qalʼani egallay olishmagan. Mil. av. VII asrda podshoh qarorgohi Tushpa tarkibiga kiruvchi Tuproqqalʼaga koʻchirilgan. Qalʼa mil. av. VI asr boshida midiyaliklar tomonidan vayron etilgan, lekin Axomaniylar davrida qalʼada hayot davom etgan.

Manba: Vikipediya – “Tushpa” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar