KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Tokyo Skytree
Yodgorlik

Tokyo Skytree

Tokio, Yaponiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Ian G Shingler · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Basile Morin · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. てんどん · CC BY 2.1 jp · Wikimedia Commons
  4. Melvin Loi from Macau, Macau · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Tokyo Skytree — Yaponiyaning Tokio shahri Sumida qismida joylashgan dunyodagi eng baland teleminora.

Tarixi va batafsil

Tokyo Skytree (yaponcha: 東京スカイツリ – Tōkyō Sukaitsurī, oʻzbekcha: Tokio osmon daraxti) — Yaponiyaning Tokio shahri Sumida qismida joylashgan dunyodagi eng baland teleminora. Dunyoda Burj Xalifa va Merdeka 118 binolaridan soʻng uchinchi eng baland imorat.
Teleminoraning antenna bilan qoʻshib hisoblaganda boʻyi 634 metrni tashkil etadi, bu Tokio televizion minorasidan deyarli ikki baravar baland demakdir.
Imorat balandligi maxsus 6 (eski yapon tilida „mu“), 3 („sa“) va 4 („shi“) raqamlaridan kelib chiqib tanlangan. Musashi – zamonaviy Tokio oʻrnida joylashgan qadimgi hududning nomidir.
Qurilish ishlari 2012-yilga kelib yakunlangan.
Minora qurilish jarayoni mobaynida Yangi Tokio minorasi nomi bilan ham tanilgan. „Tokyo Sky Tree“ nomi esa 2008-yil apreldan may oyigacha internetda oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra tanlab olingan.

Manba: Vikipediya – “Tokyo Skytree” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar