Termiziy meʼmoriy majmui, Hakim Termiziy maqbarasi – Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (9—XV asrlar). Musulmonlar uchun muqaddas boʻlgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi Termiz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. Majmua Abu Abdulloh Muhammad Hakim Termiziy (taxminan 750—760 Termiz – 869) nomi bilan bogʻliq. Bu maqbarada Termiziyning qabri joylashgan. Termiziy meʼmoriy majmui asrlar davomida bir necha bor qayta qurilgan. Bugugi kunda bu majmua vohaliklar va viloyat mehmonlari uchun asosoiy ziyorat manzilgohlaridan biri hisoblanadi.
Manba: Vikipediya – “Termiziy meʼmoriy majmui” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English