KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Kampirtepa
Yodgorlik

Kampirtepa

Surxondaryo

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Bruce Allardice · CC BY-SA 2.0 · Wikimedia Commons
  2. Jonibek Qo'zimurodov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Jonibek Qo'zimurodov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Stephanieadams99 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  5. Stephanieadams99 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Termizdan shimoli-g‘arbda, Sho‘rob qishlog‘i yaqinidagi arxeologik yodgorlik. Ptolemey tilga olgan “Oks bo‘yidagi Iskandariya” deb taxmin qilinadi.

Tarixi va batafsil

Kampirtepa — qad. shahar harobasi (mil.av. 3—mil. Z-a.). Amudaryoning oʻng sohilida, Surxondaryo viloyatidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,5 km gʻarbda joylashgan. K. 2 qism; qalʼa va undan gʻarb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan oʻralmagan qismdan iborat. Gʻarbdan sharqqa tomon umumiy uz. 750 m, shim. dan jan.ga —200–250 m. Qalʼa (mayd. 4 ga) ark va turar joylardan tashkil topgan. Uning atrofi qalinligi 5 m keladigan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan; devorga ichki yoʻlaklar qilingan, burchaklarida minoralar oʻrnatilgan boʻlib, xandaq bilan oʻralgan. Ark qalʼaning markaziy qismida joylashgan, jan. tomondan uning bir kismini suv yuvib ketgan. Arkning mayd. — 1, 3 ga, jan.-sharqiy burchagida darvozasi boʻlgan. Ark xom gʻishtdan qalinligi 5 m ga yaqin devor bilan qurshalgan. Devor atrofi kengligi 10 m lik xandaq bilan oʻrab olingan. Arkning ichki qismida turli maqsadlar uchun moʻljallangan xonalar joylashib, ular oʻzaro yoʻlaklar bilan bogʻlangan 4 ta yirik blokni tashkil qiladi. K.ning mustahkamlan-magan qismi, asosan, dafn inshootlari majmuasi bilan band. Uning shim. gʻarbiy qismida, 0,5 ga lik maydonda naus tipidagi 10 dafn inshooti joylashgan boʻlib, ular hajmi...

Manba: Vikipediya – “Kampirtepa” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Español · 中文

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar

Bu joy yaqinida hozircha tekshirilgan uy yo‘q. Shahardagi barcha uylar →