KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Sergiyev posad
Yodgorlik

Sergiyev posad

Sergiyev Posad, Rossiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Sergey Ashmarin · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  2. Ludvig14 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Grigorius m · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Sergiyev posad — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar.

Tarixi va batafsil

Sergiyev posad (1925-30 yillarda Sergiyev, 1930—91 yillarda Zagorsk) — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar (1925-yildan). Moskvadan 70 km shimoli-sharqdagi temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 98 ming 251 kishi. Troitsa Sergiyev monastiri yonidagi qishloq va slobodalar (1340-yildan maʼlum; 1744-yildan Troitsa Sergiyev lavrasi) 1782-yildan birlashdi. Mashinasozlik, "Avtospetsoborudovaniye", elektromexanika, lokboʻyoq, optikamexanika, qurilish materiallari, kimyo zavodlari, trikotaj va mebel fabrikalari bor. Oʻyinchoqlar ishlab chiqariladi. Zotli tovuqlar boqiladi. Zootexnika, kino, oʻyinchoklar badiiysanoat oʻrta maxsus bilim yurtlari, oʻyinchoq muzeyi mavjud. Lavra hududida Moskva Diniy akademiyasi va seminariyasi, Vvedenskaya va Pyatnitskaya posad cherkovlari (XVI asr), Pyatnitskiy qudugʻi (XVII—XVIII asrlar) bor.

Manba: Vikipediya – “Sergiyev posad” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar