KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Rossiya Davlat akademik katta teatri
Teatr va konsert

Rossiya Davlat akademik katta teatri

Moskva, Rossiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Юрий Д.К. · CC BY 4.0 · Wikimedia Commons
  2. DmitriyGuryanov · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  3. Williamborg 03:34, 22 July 2006 (UTC) · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons

Rossiya Davlat akademik katta teatri, “Katta teatri” —opera va balet sanʼati sohasidagi Rossiyaning yetakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan.

Tarixi va batafsil

Rossiya Davlat akademik katta teatri, “Katta teatri” —opera va balet sanʼati sohasidagi Rossiyaning yetakchi teatri, jahon musiqali teatri madaniyatining yirik markazlaridan. 1776 y. Moskvada tashkil topgan. 1806 yildan davlat teatri, 1919 yildan "akademik teatr". K. t. tarixi rus musiqali teatrining rivojlanishi, rus opera va balet ijrochiligi sanʼatida milliy anʼanalarning qaror topishi bilan uzviy bogliq. Dastlab ilk rus operalari (V. Pashkevich va b.) hamda Fapbiy Yevropa kompozitorlari (J. Pergolezi va b.)ning mashhur asarlari qoʻyilgan. K.t. rivoji va vokal-sahna sanʼati badiiy-realistik omillarining shakllanishida, ayniqsa M. Glinka va A. Dargomijskiy, keyinchalik, M. Musorgskiy, N. Rimskiy-Korsakov, A. Borodinlarning operalari tarixiy bosqich boʻldi. P. Chaykovskiyning opera va baletlari ijrochilik madaniyati rivojida ulkan ahamiyat kasb etdi. G. Ulanova, M. Plisetskaya, Ye. Maksimova, V. Vasilyev, M. Liyepa kabi balet ijrochilarining sanʼati K.t.ga katta shuhrat keltirgan. Opera xonandalik sanʼatiga N. Obuxova, I. Kozlovskiy, S. Lemeshev, I. Arxipova, Ye. Obrazsova, V. Atlantov, 3. Sotkilava va b. katta hissa qoʻshgan.

Manba: Vikipediya – “Rossiya Davlat akademik katta teatri” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar