Ruhobod maqbarasi, Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (XIV asrning 70-yillari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan janubidagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashhur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.
Maqbara binosi hozirgi shahar markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddiqomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabrdaxmalar bor. Tashqi tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan...
Manba: Vikipediya – “Ruhobod maqbarasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский


