Goʻri Amir yoki Amir Temur maqbarasi (XV asr boshi – 1405-yil) – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Xalq orasida Goʻri Amir yoki Goʼri Mir (Mir Sayyid Baraka) deb nomlanib kelinadi. Maqbaraga temuriylar sulolasiga mansub kishilar (Amir Temur, uning piri Mir Sayyid Baraka, oʻgʻillari Umarshayx, Mironshoh va Shohrux, nabiralari Muhammad Sulton, Ulugʻbek va boshqalar) dafn etilgan. Boburning taʼkidlashicha, dastlab Temurning nabirasi Muhammad Sulton Mirzo Samarqand qalʼasi yaqinida Toshqoʼrgʼon – tomonda Madrasa qurdirgan. Muhammad Sulton halok boʼlgach (1403), Amir Temur uning xotirasiga maqbara qurish haqida farmon beradi. Maqbara Madrasa hovlisining toʻriga bunyod etilgan.
Manba: Vikipediya – “Goʻri Amir” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español · Türkçe



