Rishton — Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyati Rishton tumanida joylashgan shahar (1977-yildan). Rishton tumanining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Fargʻona viloyatining gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng sohilida, Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (12 km). Rishtondan Fargʻonagacha boʻlgan masofa — 52 km ni tashkil etadi. Aholisi 30,9 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Soʻx — Shohimardon, Jonobod kanallari va artezian quduqlardan suv oladi.
Manba: Vikipediya – “Rishton” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español · Türkçe · 中文