KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Niuji masjidi
Yodgorlik

Niuji masjidi

Pekin, Xitoy

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. User:Vmenkov · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  2. Azer.darkblade · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  3. User:Vmenkov · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  4. User:Vmenkov · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons

Niuji masjidi — Pekindagi eng qadimgi masjid. 996-yilda Liao sulolasi davrida qurilgan va Sin sulolasining Kansi imperatori davrida rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan.

Tarixi va batafsil

Niuji masjidi (xitoycha: 牛街清真寺) — Pekindagi eng qadimgi masjid. 996-yilda Liao sulolasi davrida qurilgan va Sin sulolasining Kansi imperatori (1661–1722-yillar hukmronligi) davrida rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan.
Masjid Pekinning Xicheng tumanidagi Niuji hududida joylashgan bo'lib, yaqin atrofda yashovchi 10 000 musulmonlar uchun ma'naviy markaz bo'lib, Pekindagi eng katta va eng qadimgi masjiddir. 2010-yilda Xichengga qo'shilishidan oldin u Syuanvu tumanida edi. Masjid joylashgan Xicheng tumanidagi Niuji Pekindagi musulmonlar yashaydigan eng katta hudud hisoblanadi.
Niuji masjidi taxminan 10 000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Masjid islom va Xan xitoy madaniyati va me'morchiligi ta'sirining aralashmasini aks ettiradi. Tashqi tomondan, uning arxitekturasi an'anaviy Xitoy uslubiga oʻxshash va ichkarida islomiy xattotlik va xitoy dizayni uyg'unlashgan. Asosiy namoz zalining maydoni 600 kvadrat metr bo‘lib, 1000 dan ortiq namozxonni sig‘dira oladi.

Manba: Vikipediya – “Niuji masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar