KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Stoudios monastiri
Yodgorlik

Stoudios monastiri

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Stoudios monastiri, toʻliq shakli Stoudiosdagi avliyo Ioannning oldingi monastiri, shuningdek, Stoudios, Studion yoki Stoudion sifatida qisqartirilgan holda ham qoʻllaniladi, Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopoldagi yunon pravoslav monastiri boʻlgan.

Tarixi va batafsil

Stoudios monastiri, toʻliq shakli Stoudiosdagi avliyo Ioannning oldingi monastiri, shuningdek, Stoudios, Studion yoki Stoudion sifatida qisqartirilgan holda ham qoʻllaniladi, Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopoldagi (hozirgi Istanbul) yunon pravoslav monastiri boʻlgan. Monastir aholisi stouditlar yoki studitlar deb atalgan. Garchi monastir yarim ming yil davomida tashlandiq holatda qolib ketgan boʻlsa-da, Stoudion qonunlari va urf-odatlari Athos togʻi rohiblari va pravoslav dunyosining boshqa koʻplab monastirlari uchun namuna boʻlib xizmat qilgan.
Monastir xarobalari Marmar dengizi yaqinida, Istanbulning qadimgi Psamathia, hozirgi Koca Mustafo posho deb nomlangan qismida joylashgan. 462-yilda Konstantinopolda istiqomat qilgan Rim patritsiysi, konsul Flavius Studius tomonidan asos solingan va Avliyo Yahyoga bagʻishlab bunyod etilgan. Monastirning birinchi rohiblari Acoemetae monastiridan kelgan. Bugungi kunda ushbu monastir Imrahor masjidiga aylantirilgan boʻlib, Usmoiylar sultoni Boyazid II ning otboqari Mirahor Ilyosbey nomi bilan ataladi.

Manba: Vikipediya – “Stoudios monastiri” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar