KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Kilich Ali Posho masjidi
Yodgorlik

Kilich Ali Posho masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. User:Darwinek · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  2. R Prazeres · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Metuboy · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Kılıç Ali posho masjidi – Turkiyaning Istanbul shahri, Tophane tumanida joylashgan, admiral Kılıç Ali posho uchun qurilgan masjid.

Tarixi va batafsil

Kılıç Ali posho masjidi (turkcha: Kılıç Ali Paşa Cami) – Turkiyaning Istanbul shahri, Tophane tumanida joylashgan, admiral Kılıç Ali posho uchun qurilgan masjid. Bino 1580–1587-yillarda 90 yoshlardagi meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan hamda mavjud majmuaning ichida bunyod etilgan. Binodagi ikkita yozuvga koʻra, masjid hijriy 988-yil (milodiy 1580-yil)da qurilgan.
Masjid Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Tophane mahallasida joylashgan boʻlib, Kapudan-i Derya (Buyuk Admiral) Kılıç Ali posho uchun qurdirilgan boʻlib, posho admiral lavozimida xizmat qilgani uchun ham masjidning dengiz boʻyida qurilishi buyurilgan. Masjid majmuasidan, shuningdek, madrasa, hammom, maqbara va favvora ham joy olgan.

Manba: Vikipediya – “Kılıç Ali posho masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar