KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Yıldız Hamidiye masjidi
Yodgorlik

Yıldız Hamidiye masjidi

Istanbul, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. A.Savin · FAL · Wikimedia Commons
  2. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Dosseman · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Yulduz Hamidiye masjidi, ayrim manbalarda Yulduz masjidi — Turkiyaning Istanbul shahri Beshiktosh tumani Yulduz mahallasi Yıldız saroyiga boriladigan yoʻlda joylashgan Usmoniylar imperiyasi tomonidan bunyod ettirilgan masjid.

Tarixi va batafsil

Yulduz Hamidiye masjidi (turkcha: Yıldız Hamidiye Camii), ayrim manbalarda Yulduz masjidi (turkcha: Yıldız Camii) — Turkiyaning Istanbul shahri Beshiktosh tumani Yulduz mahallasi Yıldız saroyiga boriladigan yoʻlda joylashgan Usmoniylar imperiyasi tomonidan bunyod ettirilgan masjid. Usmoniylar sultoni Abdulhamid II buyrugʻi bilan 1884–1886-yillarda qurilgan. Bino toʻrtburchak shaklda qurilgan, minorasi bitta. Meʼmorchilikning neo-gotik va Usmoniylar meʼmorchiligi klassik uslubida yaratilgan naqshlar uygʻunligidan iborat. Suriyaning Damashq shahri Marjeh maydonida Abdulhamid II tomonidan oʻrnatilgan bronza ustun tepasida Yıldız masjidining kichik haykali joylashgan.
2017-yilning 4-avgustida masjidda restavratsiya ishlari boshlangan va 4 yil davom etgan. Restavratsiyaga 27 million turk lira (7,6 million dollar) sarflangan va tayyor boʻlganidan soʻng prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan qayta ochilgan.

Manba: Vikipediya – “Yıldız Hamidiye masjidi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar