KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Xo‘ja Doniyor maqbarasi
Yodgorlik

Xo‘ja Doniyor maqbarasi

Samarqand

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Alexandronikos · Public domain · Wikimedia Commons
  2. Komila Hamroyeva Bahodir qizi · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Komila Hamroyeva Bahodir qizi · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Hasan Tohirov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Afrosiyob qal’asining sharqida, Siyob arig‘i bo‘yidagi maqbara. Hozirgi bino XX asr boshida qurilgan, beshta gumbazli, uzunligi taxminan 15 m.

O‘tmishga nazar

1865–1872 Zeravshan Okrug. Shrine of the Saint Daniara (Daniel) on the Outskirts of Samarkand
Aleksandr KunTurkiston albomi“Zeravshan Okrug. Shrine of the Saint Daniara (Daniel) on the Outskirts of Samarkand”
Bugun Xo‘ja Doniyor maqbarasi
Hozirgi ko‘rinishSurat: Wikimedia Commons

Tarixiy suratlar jamoat mulki (Public domain): AQSh Kongress kutubxonasi to‘plamlari, Wikimedia Commons orqali.

Tarixi va batafsil

Xoja doniyor maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (XX asr boshlarida qurilgan). Afrosiyob qoʻrgʻonining kunchiqar tomonida, Siyob arigʻi yoqasida. Avliyo Xoja Doniyor qabri ustida qurilgan. Choʻziq (15 m ga yaqin) toʻrtburchak tarhli, peshtoq, besh gumbazli xonadan iborat. Peshtogʻi (shim. tomonda) hamda uning ikki yonidagi qubbali, koʻzasimon kursili guldastalari ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, yon tomonlariga ham ravoqlar ishlangan. Maqbara ichida choʻzinchoq daxma bor. Maqbara yaqinidagi buloq aholi orasida tabarruk hisoblanadi. Abu Tohirxojaning "Samariya" asarida yozilishicha, Xoja Doniyor (Doniyol) Kusam ibn Abbosning safdoshlaridan boʻlgan.

Manba: Vikipediya – “Xoja Doniyor maqbarasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar