KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Ukkosha masjidi
Yodgorlik

Ukkosha masjidi

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Jamshid Nurkulov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Ukkosha masjidi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik. Chorsuning janubi-sharqida, Chorsu mahallasi Samarqand Darvoza koʻchasida joylashgan.

Tarixi va batafsil

Ukkosha masjidi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (XV asr). Chorsuning janubi-sharqida, Chorsu mahallasi Samarqand Darvoza koʻchasida joylashgan. Ukkosha masjidi Toshkentning eng mashhur hamda suvi shifobaxsh hisoblangan qadimiy Ukkosha bulogʻi nomi bilan atalgan (Chorsu mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan Chorsu jari yon bagʻrida joylashgan buloq berkitib tashlangan). Mezanali darvozaxona (XIX asr oxiri — XX asr boshi), hovli, gʻarbda gumbazli xonaqoh, unga tutash ayvon va peshayvondan iborat (peshayvon va hovlining sharqidagi darvozaxona XX asr oxirlarida qayta qurilgan).

Manba: Vikipediya – “Moʻyi muborak Ukkosha masjidi” · CC BY-SA 4.0

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar