KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Saint Catherine Monastery
Yodgorlik

Saint Catherine Monastery

Janubiy Sinay muhofazasi, Misr

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Berthold Werner · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  2. Adrian POPAN · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Berthold Werner · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  4. Dale Gillard · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons

Avliyo Yekaterina monastiri, rasman Muqaddas va Xudo qadami tekkan Sinay togʻidagi Avliyo Yekaterinaning muqaddas avtonom qirollik monastiri — Misrning Sinay yarim orolida joylashgan xristian monastiri.

Tarixi va batafsil

Avliyo Yekaterina monastiri (arabcha: دير القدّيسة كاترين‎‎, Dayr al-Qiddīsa Katrīn, yunoncha: Ιερά Μονή Αγίας Αικατερίνης Όρους Σινά, Iërá Moní Ayías Ekaterínis Órus Siná, koine grekcha: Μονὴ τῆς Ἁγίας Αἰκατερίνης), rasman Muqaddas va Xudo qadami tekkan Sinay togʻidagi Avliyo Yekaterinaning muqaddas avtonom qirollik monastiri — Misrning Sinay yarim orolida joylashgan xristian monastiri. Sinay togʻi etagida joylashgan ushbu inshoot 548—565-yillar oraligʻida qurilgan boʻlib, u dunyodagi uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan eng qadimgi xristian monastiri hisoblanadi.
Monastir Vizantiya imperatori Yustinian I buyrugʻi bilan, Moisey koʻrgan yonayotgan buta deb hisoblangan joyni oʻrab olgan holda qurilgan. Asrlar oʻtib, shu hududda topilgani aytiladigan iskandariyalik Yekaterinaning jasadi monastirga olib kelingan; Yekaterinaning muqaddas qoldiqlari monastirni xristianlar uchun muhim ziyoratgohga aylantirgan va keyinchalik monastir shu avliyo sharafiga qayta nomlangan.

Manba: Vikipediya – “Avliyo Yekaterina monastiri” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·