KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Grinvich astronomiya rasadxonasi
Muzey

Grinvich astronomiya rasadxonasi

London, Buyuk Britaniya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. JaneArt · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  2. Lieven Smits · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons
  3. Rundevuk · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Grinvich astronomiya rasadxonasi — Buyuk Britaniyadagi ilmiy tadqiqot muassasasi.

Tarixi va batafsil

Grinvich astronomiya rasadxonasi — Buyuk Britaniyadagi ilmiy tadqiqot muassasasi. Grinvichda asos solingan (1685). 1953-yilda Grinvich sh.dan 70 km jan.-sharqda joylashgan Xyorstmonso qasriga (XV asr) koʻchirilgan. Unda dastlab yulduzlarning oʻrinlarini koʻrsatuvchi yulduzlar jadvallarini tuzish va Oy harakatini aniqlash ishlari olib borilgan. XIX asrdan boshlab yulduzlar parallaksini (qarang Parallaks) aniqlash, Quyosh yuzini izchil fotosuratga olish, fotogeliogrammalar yordamida Quyosh yuzidagi dogʻlar, mashʼallarning geliografik koordinatalarini oʻlchash va Quyosh yuzidagi hodisalarning tabiatini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Grinvich astronomiya rasadxonasi passaj asbobi orqali oʻtgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan (1884); geografik uzunlik (qarang Geografik koordinatalar) shu meridiandan boshlab hisoblanadi. Grinvich astronomiya rasadxonasi meridian vaqgi dunyo vaqti deb qabul qilingan. Undagi asboblar: 28 dyuymli va 26 dyuymli refraktor, 98 dyuymli reflektorlar va boshqalar.

Manba: Vikipediya – “Greenwich astronomiya rasadxonasi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar