Novza masjidi — Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra masjid XIX asrning oxirlarida qurilgan.
Masjidning „Novza“ deb nomlanishligining sababi, o‘tmishda Bo‘zsuv soyining bir irmog‘iga to‘g‘on qo‘yilib, balandlikdagi ekinzor dalalarga nov orqali suv chiqarilgan ekan. Shu munosabat bilan ushbu novga yaqin-atrofdagi yerlarni, keyinchalik bu yerda qurilgan masjidni ham „Novza“ deb atay boshlagan.
Manba: Vikipediya – “Novza masjidi” · CC BY-SA 4.0

