KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Mustaqillik maydoni
Bog‘ va xiyobon

Mustaqillik maydoni

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. SjRodier · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Fabio Achilli from Milano, Italy · CC BY 2.0 · Wikimedia Commons
  3. Amirhon Atahanov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Bekhruzbek Ochilov · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Toshkentning bosh maydoni: davlat bayramlarida tantanali tadbirlar shu yerda o‘tkaziladi.

Tarixi va batafsil

Mustaqillik maydoni — Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan joy. Oʻzbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida, Anhor kanali sohilida joylashgan. Maydon perimetral tarzda qurilgan. 1917-yilgacha Sobor maydoni, 1917–66-yillarda Qizil maydon, 1966–91-yillar Lenin nomidagi maydon, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan Mustaqillik maydoni deb atala boshlagan. Ansambl meʼmoriy uslub va koʻlami jihatidan yaxlit turli maʼmuriy binolardan iborat. Bir necha marta rekonstruksiya qilingan. Hukumat uyining dastlabki loyihasi (1931, meʼmorlar V. Arxangelskiy, A. Petlina va A. Sidorov) oʻrta asr mahobatli meʼmoriy shakl yoʻnalishida (serustunli, ravokli, mayda gumbazli) boʻlgan. Keyinchalik mumtoz va milliy meʼmoriy anʼanalar oʻzlashtirilgan holda order tizimi yoʻnalishi amalga oshirilgan (meʼmorlar A. Boboxonov, V. Volchak, S. Polupanov) va zamonaviylik ruhi berilib qayta ishlangan (1946, 1954–65). Hozirgi kunda bu binolar oʻrnida yangi bino barpo etilishi loyixalashtirilmoqda.

Manba: Vikipediya – “Mustaqillik maydoni” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar