Yunus Rajabiy - Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻli bekatlaridan biri. Shu bekatdan Chilonzor yoʻlining Amir Temur xiyoboni bekatiga oʻtiladi. Taniqli bastakor Yunus Rajabiy sharafiga nomlangan. Bekat Toshkent metropolitenining eng chuqur (24 metr) bekati hisoblanadi. 2 vestibyul, 1 platformadan iborat. Suv toshqinini oldini olish uchun 19 ta drenaj quvurlari o'tkazilgan.
Manba: Vikipediya – “Yunus Rajabiy (metro bekati)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

