«Toshkent» — Toshkent metropoliteni bekati. Toshkent temir yoʻl vokzali sharafiga nomlangan. Metroning Oʻzbekiston yoʻlida, «Oybek» va «Mashinasozlar» bekatlari orasida joylashgan. Bekat 1984 yil 7-dekabrda ishga tushirilgan. Ikkita yerosti vestibyul, ustunli platforma hamda yerosti oʻtish yoʻllariga ega. Loyiha mualliflari: arxitektor A.Tabibov, muhandis A.Zokirov va boshqalar. Bekat rassomlar Sultonmurodov va O.Habibulin tomonidan bezalgan.
Manba: Vikipediya – “Toshkent (metro bekati)” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English

