KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Konya arxeologiya muzeyi
Muzey

Konya arxeologiya muzeyi

Konya, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Murat Özsoy 1958 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Murat Özsoy 1958 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. Murat Özsoy 1958 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  4. Murat Özsoy 1958 · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons

Konya arxeologiya muzeyi – Turkiyaning Konya shahridagi davlat arxeologiya muzeyidir.

Tarixi va batafsil

Konya arxeologiya muzeyi – Turkiyaning Konya shahridagi davlat arxeologiya muzeyidir. U 1901-yilda tashkil etilgan va 1962-yilda hozirgi joyiga koʻchib oʻtishdan oldin ikki marta koʻchirilgan. Muzeydagi eng muhim ekspozitsiyalardan biri qadimgi Çatalhöyük shahridan topilgan sarkofaglar va boshqa arxeologik topilmalardan iborat. Boshqa koʻrgazmalar neolit davri, jez davri (ilk jez va oʻrta jez bosqichlari), temir davri (Frigiya va Urartu), shuningdek Qadimgi Yunoniston, ellinizm, Rim imperiyasi va Vizantiya imperiyasi davrlariga oid yodgorliklarni oʻz ichiga oladi. Namoyish etilgan ashyolar orasida sopol buyumlar, tosh va bronza buyumlar, bezaklar hamda bitiklar mavjud . Koʻrgazmada namoyish etilayotgan buyumlar orasida milodiy III asrga oid marmardan yasalgan sarkofag ham mavjud boʻlib, undagi relyef haykaltaroshlik tasvirlarida Gerkulesning hayoti aks ettirilgan.Muzeyning tashqi hovlisida bir qator kichik haykallar, sarkofaglar va epigrafika namunalari mavjud.

Manba: Vikipediya – “Konya arxeologiya muzeyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · ·

Yaqin atrofdagi joylar