KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Toshkent hayvonot bog‘i
Bog‘ va xiyobon

Toshkent hayvonot bog‘i

Toshkent

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Ruslantrend · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  2. Ruslantrend · CC BY-SA 4.0 · Wikimedia Commons
  3. TwoWings · Public domain · Wikimedia Commons
  4. TwoWings · CC BY-SA 3.0 · Wikimedia Commons

1924-yilda tashkil etilgan hayvonot bog‘i.

Tarixi va batafsil

Toshkent hayvonot bogʻi — maʼrifiy va ilmiy tadqiqot ishlari olib boradigan muassasa. 1924-yilda 3 ga maydonda Oʻrta Osiyo universiteti biolog olimlari tashabbusi bilan sobiq podsho generalgubernatorining shahar chekkasidagi dala hovlisidagi kichik hayvonot burchagi negizida tashkil etilgan. 1940-yillar oxirida 200 turdan ortiq hayvonlar jamlangan hayvonot bogʻiga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qaroriga koʻra, 1994—97 yillarda Toshkent hayvonot bogʻib. uchun barcha zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan yangi hayvonot bogʻi qurildi. Botanika bogʻi yaqinida joylashgan mazkur hayvonot bogʻiga 1997-yil 1-sentyabrda Toshkent hayvonot bogʻi koʻchib oʻtdi. Umumiy maydoni 22,7 ga. 349 turdagi 3000 dan ortiq jonivorlar, shu jumladan, sut emizuvchilarning 58 turi, qushlarning 74 turi, reptiliyalar va amfibiyalarning 26 turi, baliqlarning 191 turi (2141 dona) saqlanadi (2004). Akvarium boʻlimida dengiz akvasistemasi barpo etilgan boʻlib, unda dengiz jonivorlari, akula va baliqlar, poliplar va boshqa yashash uchun sharoitlar yaratilgan. Hayvonot bogʻi yirtqich qushlarni koʻpaytirishga ixtisoslashgan (qoraqush, kalxat, boltayutar, kondor va boshqalar). Noyob va yoʻqolib...

Manba: Vikipediya – “Toshkent hayvonot bogʻi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · Français

Yaqin atrofdagi joylar

Yaqin atrofdagi tekshirilgan uylar