Bosh jome masjidi — 1899-yili qurilgan boʻlib, oʻsha davrda Andijon viloyatida 8 ta diniy muassasalaridan biri aynan ushbu Bosh jome (Devonaboy) masjidi edi.
2019-yilning yoz oylarida qayta qurilish ishlari boshlanib, 2021-yil may oyida yakuniga yetdi. Va oʻsha yilning 18-iyun kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Bosh jome masjidini ochib berdi.
Yangi bino qadimiy chor ayvon va chor darvoza uslubida barpo etilgan.
Manba: Vikipediya – “Bosh jome (Devonaboy) masjidi” · CC BY-SA 4.0