KarvonsaroyTekshirilgan ijara E’lon berish
Kirish Ro‘yxatdan o‘tish
Barcha joylar
Chankaya saroyi
Yodgorlik

Chankaya saroyi

Anqara, Turkiya

Suratlar mualliflari (Wikimedia Commons, erkin litsenziya)
  1. Gargarapalvin · CC BY 4.0 · Wikimedia Commons

Chankaya saroyi Turkiya vitse-prezidentining qarorgohi, 2014-yilgacha Turkiya Respublikasi Prezidentining rasmiy qarorgohi boʻlgan.

Tarixi va batafsil

Chankaya saroyi (Chankaya Köshkü) Turkiya vitse-prezidentining qarorgohi, 2014-yilgacha Turkiya Respublikasi Prezidentining rasmiy qarorgohi boʻlgan. Saroy Anqaraning Chankay tumanida joylashgan. Saroy ushbu hududning nomi bilan atalgan. Saroy joylashgan hudud 1.77 km.kv maydonni egallaydi. Saroyda Otaturk muzeyi, pushti saroy, bosh ad’yutantning idorasi, oynadan qurilgan saroy va yangi ofis binolari, qabulxonalar va matbuot anjumanlari zallari mavjud. Shuningdek, sport inshootlari, o‘t o‘chirish shoxobchasi, issiqxona, prezident qorovulining kazarmalari ham bor.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rejalariga ko‘ra, Chankaya binolar majmuasi respublika rahbariyati uchun mo‘ljallangan bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi. Vitse-prezident Fuat Oktay hozirda saroydan foydalanmoqda (2020-yil aprel holatiga koʻra). Cumhurbaşkanlığı Sarayi 2014-yilning oktyabr oyidan beri prezidentlik saroyi vazifasini bajarib kelmoqda.

Manba: Vikipediya – “Chankaya saroyi” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: · · · · ·

Yaqin atrofdagi joylar