Haydarkoʻl (Haydar koʻli va Aydar koʻli deb ham nomlanadi) — Nurota tizma togʻlarining shimoliy etagidagi koʻl. Haydarkoʻl 1960-yillar oxirida asosan Janubiy Qozogʻistonning Chordara suv omboridan oqib kelgan ortiqcha suvlar hisobidan paydo boʻlgan.
Koʻl Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan. Haydarkoʻl Shimoliy qirgʻoqlari Sharqiy Qizilqumga tutashadi.
Koʻlning uzunligi 159 km, eni 26 km. 2005-yilda Haydarkoʻlda 44,3 km³ suv boʻlgan. Hozirgi kunda koʻlning hajmi taxminan 3000 km² ni tashkil qiladi.
Manba: Vikipediya – “Haydarkoʻl” · CC BY-SA 4.0
Boshqa tillarda o‘qish: Русский · English · Deutsch · Français · Español · 中文